Oʻndan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqqan olis qishloq maktabiga kitoblar yetkazib berildi

Saqlash
20:57 / 18.03.2024 2335 0

Shahrisabz tumanining Sarchashma qishlogʻi olis va togʻli hududlardan biri sanaladi. U tuman markazidan 70 kilometr uzoqlikda, Hisor togʻ tizmalari bagʻrida joylashgan.

 

 

5 mingdan ziyod kishi istiqomat qiladigan mahallada ikkita davlat maktabgacha taʼlim muassasasi, bitta maktab bor. Oʻquvchilarning aksariyati soʻqmoqlar orqali maktabga uzoq yoʻl bosib keladi. Garchi masofa olis, yoʻl qiyin boʻlsa-da, ular ilm olishga chanqoq.

 

 

 

Shuni hisobga olgan holda, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi tomonidan maktab kutubxonasiga maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy kitoblar yetkazib berildi.

 

 

Hududdagi 57-maktabda bugungi kunda 849 nafar oʻquvchi taʼlim oladi. Maktab kutubxonasida 2 mingdan ziyod badiiy va ilmiy kitoblar mavjud. Bundan tashqari, mahalla hududida vagon shaklidagi kutubxona ham tashkil qilingan.

 

 

“Shu vaqtga qadar qishlogʻimizdan fan doktori, oʻndan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqqan. Shuningdek, respublikamizning turli hududlarida masʼul lavozimlarda ishlayotgan qishloqdoshlarimiz koʻp. Ularning muvaffaqiyati yoshlarimizga doimo shijoat bagʻishlaydi”, – deydi direktori Abduvahhob Berdiyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//