Endi yaxshi kuylaydiganlar ham avtomobil yutishi mumkin

Saqlash
16:19 / 18.03.2024 1102 0

Faqat kitobxon yoki dasturchi yoshlar emas, balki kuchli ovoz egalari boʻlgan iqtidorlar ham avtomobil sohibiga aylanishi mumkin. Yutuqqa KIA qoʻyilgan. Bu haqida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov maʼlum qildi.

 

Rasmiyning xabariga koʻra, vazirlik va ZOʻR TV hamkorligida “Ovoz” teleshousi boshlanmoqda. Kunikecha loyiha “start” olishi munosabati bilan OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtgan.

 

“Ishonamanki, betakror ovoz sohiblarini “kashf” etishga bel bogʻlagan “Ovoz” taqdirini sanʼat bilan bogʻlamoqchi boʻlgan yoshlarni aniqlab, qoʻllab-quvvatlovchi platformaga aylanadi”, – deydi vazir oʻz blogida.

 

Maʼlum boʻlishicha, loyiha 4 oy davom etadi va yakunda gʻolib KIA avtomobilini qoʻlga kiritadi. Ammo bu shunchaki yakun boʻlmasligi mumkin. Chunki Madaniyat vaziri oʻz postida yana shunday izoh ham qoldirgan:

 

“Finalgacha yetib kelgan ishtirokchilarga manfaatli takliflarimiz bor…“

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//