“Soʻkongʻich” oʻqituvchi ustidan shikoyat kelib tushdi

Saqlash
22:33 / 15.03.2024 2344 0

Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 103-sonli umumtaʼlim maktabi 6-sinf oʻquvchilarining ota-onalari tomonidan yozilgan jamoaviy ariza kelib tushgan.

 

Maʼlum boʻlishicha, ota-onalar mazkur maktabning matematika oʻqituvchisi Y.P. dars jarayonida bolalarni nomaqbul soʻzlar bilan haqoratlashi, shuningdek, ularning shaʼni va qadr-qimmatiga daxl qilishidan norozi boʻlib, oʻqituvchiga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

 

Shundan soʻng, soʻrovga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mazkur holatni atroflicha oʻrgangan.

 

Natijada, Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari tomonidan 103-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi rahbariyati, maktab psixologi hamda matematika fani oʻqituvchisi Y.P. bilan suhbat oʻtkazilib, oʻquvchilar bilan muloqot vaqtida ovoz ohangini koʻtarmasligi, oʻquvchilarning shaxsiyatiga tegmasligi, ularning shaʼni va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi yuzasidan qatʼiy ogohlantirish berilgan.

 

Shuningdek, Y.P. ga maktab direktori tomonidan intizomiy chora qoʻllanilib, ushbu sinf oʻquvchilariga matematika fanidan boshqa oʻqituvchi biriktirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 248
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 57
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 92
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//