Oʻzbekistonda oziq-ovqatga eng kam ish haqining qancha qismi sarf boʻladi?

Saqlash
20:44 / 15.03.2024 2139 0

Picodi tahlilchilari yil boshida 67 mamlakatda 2023-yilda eng kam ish haqining oʻzgarishini baholagan. Mazkur davlatlar orasida bizning Oʻzbekiston ham bor.

 

 

Maʼlumotga koʻra, 2023-yilning yanvaridan hisoblaganda, 67 davlatning 58 tasida eng kam ish haqi oʻzgargan.

 

Masalan, Tailandda bu hajm 2,4 foiz (jami 203 dollar), Puerto-Rikoda esa 11,1 foiz qoʻshilgan(1476 dollar) boʻlsa, Armanistonda(hozir 136 dollar) va Vyetnamda ( 161 dollar) oʻzgarishsiz qolgan.

 

Oʻzbekistonda esa eng kam ish haqi 14,1 foizga oʻsgan va umumiy 75 dollarni tashkil qilgan.

 

Shuningdek, tahlilchilar aynan eng kam ish haqining oziq-ovqatga sarflanishini ham hisoblab chiqqan. Unga koʻra, Oʻzbekistonda eng kam ish haqining 96,1 foizi oziq-ovqatga sarflanar ekan. Bu esa 67 davlat ichida eng pastki pogʻonalardan biri degani.

 

 

Shuningdek, bu hisob-kitob boʻyicha eng quyidagi davlatlar qatorida Qozogʻiston(54,0 foiz), Vyetnam(65,6 foiz), Armaniston(78,7 foiz) hamda Nigeriya(116,5 foiz) oʻrin olgan.

 

Eslatma! Yuqorida keltirilgan raqamlar 2023-yilning tahlilidir. Hozirda Oʻzbekistonda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming soʻm etib belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//