Jahon
Amerikalik olimlar yerning choʻkishi, yaʼni yer yuzasining vertikal choʻkishi haqida maʼlumot berdi. Bu dunyoning koʻplab joylarida infratuzilma, tabiiy resurslar, atrof-muhit uchun jiddiy geoxavfdan ogohlantirishdir.
Maʼlumotda global xarita tuzilgan va unda yangi choʻkish joylari koʻrsatilgan. Taxminlarga koʻra, tabiiy ofat 6,3 million kvadrat kilometr yer maydonini oʻz ichiga oladi. Bu maydoning 231 ming kvadrat kilometri shaharlar va zich aholi punktlariga, yaʼni 2 mlrd aholi yashaydigan hududlarga toʻgʻri keladi.

Olimlar yana shuni ham aniqladiki, yer osti suvlarining olinishi yer sathi choʻkishini tezlashtirib yuboradi.
Geologlarning hisob-kitobiga koʻra, butun dunyo boʻylab 6,3 million kvadrat kilometrdan ortiq yer maydoni yoki butun quruqlikning 5 foizi yiliga 5 mm.dan koʻproq surʼatda pasaymoqda. Bularning eng katta hissasi ekiladigan va sugʻoriladigan yer maydonlariga toʻgʻri keladi.

Tahlillar 195 ta davlatni oʻziga qamrab olgan. Mazkur davlatlar ichida choʻkishning oʻrtacha koʻrsatgichlari eng yuqori boʻlgan davlatlar – Filippin, Eron, Kosta-Rika, Indoneziya, Oʻzbekiston.
Yer sathi yiliga 5 mm.dan choʻkib borayotgan davlatlar Indoneziya, Xitoy, Indoneziya, Eron, Hindiston va Pokiston hisoblanadi.

Geoxavfga eng koʻp yaqinlashayotgan davlat bu Meksikadir. Bu davlatda choʻkish tezligi yiliga 320 mm.dan koʻp.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111116
Jamiyat
94524
Jamiyat
90471
Jamiyat
74587
Jamiyat
//
Izoh yo‘q