Jamiyat
“Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov eʼlon qilindi, deb xabar berdi OʻzA.
Tanlov OAVning bir nechta yoʻnalishi boʻyicha oʻtkaziladi.
Jumladan, televideniye yoʻnalishi boʻyicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar);
Radio yoʻnalishi boʻyicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-,2-,3-oʻrinlar);
Bosma nashrlar yoʻnalishi boʻyicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar);
Internet nashrlari yoʻnalishi boʻyicha:
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar).
Shuningdek, chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun – 1 ta birinchi oʻrin, 4 ta ikkinchi oʻrin (TV, radio, bosma va internet nashrlari yoʻnalishlari boʻyicha).
Bundan tashqari, yana 12 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiya joriy etiladi. Tanlovning ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalari boʻyicha qoʻshimcha eʼlon beriladi.
Tanlovda eng asosiy sovrin Bosh milliy mukofotdir.
Gʻolib va sovrindorlarga tanlovning bosh sovrini hamda esdalik sovgʻalari topshiriladi.
Xususan, tanlov Bosh milliy mukofoti sohibiga maxsus diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va yengil avtomobil tantanali ravishda topshiriladi.
Shu qatorda:
▫️ Birinchi oʻrinni olgan gʻoliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
▫️ Ikkinchi oʻrinni olgan gʻoliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 175 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
▫️ Uchinchi oʻrinni olgan gʻoliblar diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 150 barobari miqdorida pul mukofoti bilan;
▫️ Tanlovning ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalari gʻoliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Maʼlumot uchun, tanlovda ishtirokchining 2023-yil 31-martdan 2024-yil 31-martgacha bosma va internet nashrlarida eʼlon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagacha materiallari koʻrib chiqiladi. Agar ijodiy jamoa – gazeta tahririyati tanlovda qatnashadigan boʻlsa, gazetaning 5 tadan 7 tagacha sonini, tele yoki radiokanal jamoasi tanlovda ishtirok etadigan boʻlsa, 5 tadan 7 tagacha eng yaxshi koʻrsatuv yoki eng yaxshi eshittirishning elektron varianti (yoxud havolasi) ilova qilinadi.
“2023 yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” ragʻbatlantiruvchi nominatsiyasi boʻyicha tanlovda qatnashish istagida boʻlganlar Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga kitobidan bir dona taqdim etadi.
Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ham ilova qilinadi:
▫️ muallif va uning professional faoliyati toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumot (obyektivka);
▫️ muallifning pasport yoki ID-karta nusxasi, telefon raqami;
▫️ Jamoaviy ishtirok etuvchi OAVning roʻyxatdan oʻtkazilganini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi va tashkilot rahbarining pasport yoki ID-karta nusxasi.
Tanlovga ijodiy ishlar Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va uning hududiy boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari orqali, shuningdek, mualliflardan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron shaklda tanlov matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab joriy yilning 5-apreliga qadar qabul qilinadi.
▫️ Matbuot yoʻnalishi boʻyicha ijodiy ishlar gazeta yoki jurnalda eʼlon qilingan materiallarning nusxasi (pdf formatda);
▫️ Internet nashrlari boʻyicha materiallarning havolasi (link, ssilkasi) koʻrsatilgan holda;
▫️ televideniye boʻyicha videomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha Telegram formatda (annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);
▫️ radio yoʻnalishi boʻyicha audiomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha, annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);
▫️ Ragʻbatlantiruvchi nominatsiya – fotojurnalistika boʻyicha ijodiy ishlar (JPEG, TIFF va PNG formatda annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan)belgilangan shaklda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining 99-466-10-25 raqamiga ochilgan (Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi) Telegrami sahifasiga yuborilishi soʻraladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q