Sayxunobodda Yangi Oʻzbekiston nafasi sezilmayapti – Prezident

Saqlash
19:33 / 14.03.2024 1742 1

Ayni vaqtda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

Davlatimiz rahbari nega aynan shu tumanga kelganini izohlar ekan, joylardagi va respublika darajasidagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga eʼtibor qaratmagani, pastga tushib ishlamagani, faqat yigʻilish oʻtkazish bilan cheklanganini tanqid qildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, tumanda 2 ming 400 nafar ishsiz bor. Kambagʻallik darajasi esa 14 foizni tashkil qiladi. Mahalliy byudjet tushumi 27 mlrd soʻm boʻlsa-da, xarajati 67 mlrd soʻm.

 

“Bir soʻz bilan aytganda, Sayxunobodda tadbirkorlik oʻsmayapti, Yangi Oʻzbekiston nafasi sezilmayapti”, – degan Prezident yigʻilish davomida.

 

Shavkat Mirziyoyev shu sababli viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilib, oʻrniga zamonaviy rahbarlar qoʻyilganini taʼkidlab oʻtdi.

1 Izoh

UKTAM

23:03 / 14.03.2024

Muhtaram Prezidentimiz tashriflaridan keyin Sirdayo viloyatida ham ancha o'zgarishlar bo'lishi aniq yani tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi

Izoh qoldirish

//