Keyingi yildan yoshga doir pensiyalar “avtomatik” tarzda tayinlanadi

Saqlash
16:32 / 14.03.2024 1606 0

Pensiya jamgʻarmasining maʼlum qilishicha, 2025-yilning 1-martidan pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar “avtomatik” tarzda, yaʼni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi.

 

Bunda shaxsga oid barcha maʼlumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.

 

Ushbu qulayliklarning yoʻlga qoʻyilishi natijasida fuqarolardan pensiya tayinlash uchun qoʻshimcha hujjatlar yigʻish uchun Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmasiga murojaat qilish talab etilmaydi.

 

Bundan tashqari, pensiya yoshiga yetgan fuqaroning telefon raqamiga “pensiya tayinlanganligi va uning miqdori” toʻgʻrisida maʼlumot yuboriladi.

 

Shuningdek, pensiyaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan yoki pensiya miqdoridan norozi boʻlgan fuqarolarga “avtomatik” tayinlangan pensiyani toʻxtatish huquqi ham beriladi. Bunda fuqaroga “avtomatik” pensiya tayinlanganligi yoki pensiya tayinlanishi rad etilganligi haqida SMS xabar yuboriladi.

 

Fuqaro pensiya tayinlanganidan, pensiya miqdoridan yoki pensiya tayinlanishi rad etilganidan norozi boʻlgan taqdirda Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga tegishli tartibda ariza bilan murojaat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//