Jamiyat
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portali Bektemir tumanida joylashgan “Qoʻyliq” dehqon bozori faoliyati tugatilgani haqida maʼlumot joyladi.
Maʼlum boʻlishicha, “Qoʻyliq” bozori jamiyat aksiyadorlarining 2024-yil 29-fevraldagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra ixtiyoriy tugatilgan.
Taʼkidlash lozim, Toshkent shahar hokimligi “Qoʻyliq” bozorida qurilish-rekonstruksiya ishlari boshlangani va bozor yopiq boʻlishi haqida 5-yanvar kuni maʼlum qilgan edi. Oʻshanda bozordagi tadbirkorlar faoliyati hisobga olinib, ularga “eski bozor”dan 6,5 km uzoqlikdagi Food City, shuningdek, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida oʻz ish jarayonlarini davom ettirishi mumkinligi aytilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q