Jamiyat
Yangi oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekistondagi barcha maktablarda 9-sinfdan boshlab harbiy-vatanparvarlik sinflari ochiladi. Bu haqida Milliy gvardiya matbuot kotibi Davron Jumanazarov brifingda maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, bungacha bunday sinflar respublika boʻyicha faqat 56 ta maktabda tashkil etilgan.
Maʼlum boʻlishicha, sinflarni tashkil etish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Yaʼni, birinchi bosqichda 2024/2025 oʻquv yilida 2530 ta maktabda, ikkinchi bosqichda 2025/2026 yilda 2536 ta maktabda bunday sinflar paydo boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda qaror ham qabul qilingan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
2 Izohlar
Dbnz
19:03 / 14.03.2024
O'zbekiston maktablarida harbiy-vatanparvarlik sinflarini joriy etish yosh avlodning o'z mamlakati uchun g'urur va vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish yo'lidagi muhim qadamdir. Bu o'quvchilarga o'z mamlakatlari tarixini yaxshiroq tushunish va hurmat qilish, ma'naviy qadriyatlar va fuqarolik mas'uliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan hamkorlik harbiy-vatanparvarlik sinflarida o'quv jarayonini samarali tashkil etish va yoshlarni tarbiyalashda eng yaxshi natijalarga erishish imkonini beradi.
Bekzod
14:03 / 13.03.2024
Ushbu holat bo‘yicha oldin maktablarni ko'rish kerak sinf xonasi yoki harbiy maydoni bormi yo‘qmi keyin harakat qilsa bo‘ladi.