Madaniyat
Poytaxtimizda Igor Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi kolleksiyasidagi asarlarning multimedia koʻrgazmasi ochildi.
Koʻrgazma sanʼatning bir qancha davrlari va harakatlarini oʻzida jamlagan boʻlib, ustalar Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston hayotining rang-barangligi va oʻziga xosligini aks ettirgan.
Maʼlum boʻlishicha, koʻrgazma Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasining raqamlashtirilgan loyihasi boʻlib, unda koʻplab kartinalarni “jonlangan” holda koʻrish mumkin.
Xabarga koʻra, loyiha ustida ishlash uchun jamgʻarma jamoasiga sanʼatshunos, Igor Vitaliyevichning shogirdi va vorisi Marinika Babanazarova jalb qilingan. U Savitskiy vafotidan keyin muzeyni 31 yil davomida boshqargan.
Koʻrgazma ssenariysi va ovoz muallifi sanʼatshunos, Garvard universiteti doktoranti Aziza Izamova hisoblanadi.
Koʻrgazmada Aleksandr Nikolayev (Usto Moʻmin), Viktor Ufimsev, Aleksandr Volkov, Nikolay Karaxan, Nadejda Kashina, Mixail Kurzin, Elena Korovay, Ural Tansiqboyev va boshqalarning raqamlashtirilgan asarlarini koʻrish mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q