Jamiyat
UzAuto Motors Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarning narxini koʻtarmoqchi. Bu haqida kompaniyaning oʻzi rasman eʼlon qildi.
Shuningdek, kompaniya mazkur avtomobillarning ishlab chiqarish hajmini qoʻshimcha ravishda oshirish masalasini ham ishlab chiqqan.
Maʼlum boʻlishicha, oldingi shartnoma paytida kechiktirilgan toʻlov 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillarning bir qismini chiqarishga olib kelgan. Bu esa kompaniyaga qoʻshimcha avtomobillarni taklif qilish imkonini bermoqda.
“Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun shartnomalar ochilish sanasi keyinroq eʼlon qilinadi”, – deyiladi xabarda.
Narxning oshishini ham kompaniya quyidagicha izohlaydi:
“Kontraktatsiya uchun ochiladigan qoʻshimcha hajm 2024-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarilishi hisobga olgan holda, Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi 3,5-6,7 foizgacha boʻlgan oraliqda qayta koʻrib chiqiladi”.

Shu bilan birga, UzAuto Motors rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq avtomobillar sotuv tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni rejalashtirmoqda. Bunda kompaniya dilerlik tarmogʻini yoʻlga qoʻymoqchi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
111838
Jamiyat
94677
Jamiyat
90670
Jamiyat
75337
Jamiyat
//
Izoh yo‘q