Uzbekistan Airways qoʻshimcha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi

Saqlash
20:11 / 12.03.2024 1270 0

Navroʻz bayrami munosabati bilan 20-24-mart kunlari mahalliy yoʻnalishlarga qoʻshimcha aviaqatnovlar joriy etiladi. Bu haqida Uzbekistan Airways maʼlum qildi.

 

Xabarda aytilishicha, qoʻshimcha parvozlar butun respublika boʻyicha emas, aksincha, ayrim uzoq hududlar uchun amal qiladi. Jumladan:

• Toshkent – Nukus – Toshkent – 20-mart kuni;

• Toshkent – Buxoro – Toshkent – 20-, 21-, 24-mart kunlari;

• Toshkent – Urganch – Toshkent – 24-mart kunlari;

• Toshkent – Fargʻona – Toshkent – 21-mart kuni;

• Toshkent – Namangan – Toshkent – 24-mart kuni.

 

“Parvozlar jadvali bilan www.uzairways.com saytida tanishishingiz mumkin, shuningdek, aviachiptalarni aviakompaniya saytidan hamda “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin”, – deyiladi xabarda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 246
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 57
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 92
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//