Maktab maʼmuriyati ustidan Bolalar ombudsmaniga shikoyat kelib tushdi

Saqlash
19:21 / 12.03.2024 1123 0

Maʼlum boʻlishicha, Xorazm viloyatida yashovchi L.K. nomidan Bolalar ombudsmaniga murojaat kelib tushgan.

 

Unda murojaatchi 2015-yilda tugʻilgan farzandi D.D. Gurlan tumanidagi 34-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olishini, ushbu taʼlim maskani oʻqituvchilari A.Z. va D.A. larning boshlangʻich sinf oʻquvchilariga bilim berish darajasi yetarli emasligi sababli oʻqituvchilarni oʻzgartirish boʻyicha maktab direktori Q.Q. ga murojaat qilganligini bildirgan. Biroq bu holat maktab direktori tomonidan eʼtiborsiz qoldirilgan.

 

Shundan soʻng, L.K. maktab faoliyati qoniqarsiz darajada ekanligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan. Bu safar ham hech qanday chora koʻrilmagan.

 

Yakuniy bosqich Bolalar ombudsmani boʻldi.

 

Bolalar ombudsmanining MMTVga soʻrovi asosida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan holat oʻrganilgan va fuqaro L.K. ning farzandi oʻqiyotgan sinfdagi taʼlim sifati haqiqatan ham talab darajasida emasligi aniqlangan.

 

Oqibatda, 34-sonli maktab oʻqituvchilari A.Z. va D.A. larga nisbatan “hayfsan” intizomiy chorasi qoʻllanilgan.

 

Shu bilan birga, maktab direktori Q.Q. ham maktabda taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchilar faoliyatini doimiy nazoratga olishi va bunday holatlarga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha ogohlantirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//