Jamiyat
MIB Angor tumani boʻlimi davlat ijrochisi Sayyora Tojiyeva ikki yildan buyon qidiruvda boʻlgan “alimentchi ota”ni uyining yertoʻlasidan topib oldi, deb xabar bermoqda OʻzA.
Maʼlum boʻlishicha, turmush oʻrtogʻi bilan ajrashgach, F.Moʻminov 2019-yil yanvar oyidagi sud buyrugʻiga asosan voyaga yetmagan uch farzandining moddiy taʼminotiga masʼul etib belgilangan. Biroq ota bu masʼuliyatni his etmagan va voyaga yetmagan bolalari uchun aliment toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan.
Shundan soʻng qochoq otaga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Qidiruv jarayonida Majburiy ijro byurosi Angor tuman boʻlimi davlat ijrochisi Sayyora Tojiyeva qidirilayotgan shaxsning yashash manziliga borgan va erkakning yaqinlariga ish yuzasidan tushuntirish bergan. Biroq bu ham foyda bermagan. Oqibatda, MIB tomonidan xonadondagi qoramolni xatlov qilish ishlari boshlangan.
Aynan qoramol xatlanish vaqtida xonadon egalari F.Moʻminov uyning yertoʻlasini makon tutib, shu yerga yashirinib yurganini maʼlum qilgan.
Xabarga koʻra, yertoʻladan topilgan ota baribir fikridan qaytmasligi, aliment toʻlamasligini aytgan.
Qonunchilikka muvofiq, F. Moʻminov ishi Angor tuman sudida koʻrib chiqilgan. Hukmga koʻra, 51 mln. soʻmdan ortiq aliment qarzdorligi boʻlgan sudlanuvchiga 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, sud majlisida agar fuqaro berilgan jazodan toʻgʻri xulosa chiqarmasa, jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ham ogohlantirilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q