Jamiyat
Milliy gvardiyaning dastlabki oʻrganishlarida joriy yil 6-8 fevral kunlari darslarga sababsiz 188 000 oʻquvchi kelmaganligi aniqlandi. Bu haqida Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov maʼlum qildi.
Rasmiyning soʻzlariga koʻra, viloyatlar boʻylab olib borilayotgan manzilli ishlar doirasida tuman va mahallalar kesimida har bir maktab oʻrganilmoqda va unda darsga kelmagan 146 277 oʻquvchidan 96 708 nafari (1,5%) kasal va javob soʻraganlar, 49 569 nafari (0,8%) darsga sababsiz kelmaganlarni tashkil qiladi.
“Kasallik bahonasi bilan darsga qatnashmaslik holatlari ham oʻrganilmoqda. Birgina Qashqadaryo viloyati misolida olsak, oʻtgan haftada kasal deb belgilangan oʻquvchilarning uylariga borib oʻrganilganda, 50 ta holatda kasal emasligi, aksincha, sababsiz darsga kelmaganligi aniqlangan”, – deydi Jumanazarov AOKAda oʻtkazilgan brifingda.
Maʼlum boʻlishicha, bolalari sababsiz darsga kelmagani, taʼlim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagani uchun 124 ming nafar ota-onalar rasmiy ogohlantirilgan. 4 mingga yaqiniga esa Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga asosan maʼmuriy chora koʻrilgan.
Rasmiy, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar respublikadagi maktablarda ijobiy natija berayotganini taʼkidlaydi.
“Koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida respublikadagi maktablarda davomat ijobiy tomonga oʻzgarib, darsga kelmayotgan oʻquvchilar kuniga oʻrtacha 30 mingtaga kamayib bormoqda”, – deydi Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari brifing davomida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q