Din ishlari boʻyicha qoʻmita hushyorlikka chaqiradi

Saqlash
21:15 / 11.03.2024 1276 0

Bunda Ramazon oyi munosabati bilan diniy kontentlarni saqlash va tarqatish jarayonining kuchayishida yuz berishi mumkin boʻlgan holatlar nazarda tutiladi.

 

Xabarda mazkur muborak oyda diniy amallarni bajarish, ijtimoiy tarmoqlar orqali bir-birlariga Ramazon oyi tabrigi, mazkur oyda qilinadigan amallar, roʻzaga oid turli fatvolar hamda boshqa shu kabi diniy mazmundagi materiallarni tarqatish, shuningdek, internet tarmogʻiga yuklash holatlari tabiiy ravishda ortishi taʼkidlangan.

 

Ushbu jarayonda fuqarolarning bunday ishtiyoqidan turli ekstremistik, terroristik tashkilotlar hamda aqidaparast shaxslar gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanib, aholi orasida oʻzlariga tegishli boʻlgan kontentlarni keng tarqatishga harakat qilishi mumkin.

 

Shuni inobatga olgan holda, qoʻmita aholini hushyorlikka chaqiradi.

 

“Mazkur holatlarni inobatga olgan holda Din ishlari boʻyicha qoʻmita fuqarolarimizdan dinshunoslik ekspertizasidan ijobiy xulosa olinmagan hamda shubhali diniy mazmundagi audio, video va boshqa turdagi media mahsulotlarni Internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridan yuklab olmaslik va tarqatmaslikni soʻraydi!” – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//