Mamlakatimizda mahkumlarning kun tartibi qanday?

Saqlash
20:25 / 11.03.2024 1269 0

Amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliyevning maʼlum qilishicha, 2013-yil 29-iyulda qabul qilingan (2495-sonli buyruq) ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining Ichki tartib qoidalariga koʻra mahkumlarning kun tartibi quyidagicha:

 

1. Ertalab oʻrindan turish – soat 6:00;

2. Hojat, yuvinish va jismoniy tarbiya – 15 daqiqa;

3. Yotoq joyini yigʻishtirish – 10 daqiqa;

4. Ertalabki va kechki roʻyxatdan oʻtish – 30 – 40 daqiqa;

5. Nonushta – 20 daqiqa;

6. Tushlik – 30 daqiqa;

7. Kechki ovqat – 30 daqiqa;

8. Ishga olib chiqish – 20 – 30 daqiqa;

9. Ishdan olib qaytish – 20 – 30 daqiqa;

10. Ish vaqti – 8 soat (tarbiya koloniyalari uchun 6 soat);

11. Boʻsh vaqti – 1 soat;

12. Taʼlim, ommaviy-madaniy tadbirlarda qatnashish – 1 soat (jadval boʻyicha);

13. Yotishga tayyorlanish – 10 daqiqa;

14. Uxlash vaqti – 8 soat.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//