Maktab direktori bolalarning boshini bir-biriga urishtirib, jazolagan

Saqlash
19:52 / 11.03.2024 1410 0

Bolalar ombudsmanining xabar qilishicha, voqea 2023-yil 13-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani 80-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib oʻtgan.

 

Mazkur holatda maktab direktori T.A. 6-sinf(hozirda7-sinf) oʻquvchilari A.Q. va E.T. ni sinf partalarini sindirib, shovqin solib yurgani uchun jazolamoqchi boʻlgan. Muassasa rahbari bolalarning bunday nomaqbul ishi uchun tarbiyalashning oʻzgacha “uslub”ini qoʻllagan.

 

Maʼlum boʻlishicha, maktab direktori 2018-yildan beri shu maktabda ishlab keladi.

 

Rahbarning ushbu ishi yuzasidan joriy yilning 9-mart sanasidan boshlab Yakkabogʻ tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

 

“Bolalar ombudsmani holat yuzasidan oʻz kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//