Hafta oʻrtasida havo harorati keskin tushib ketishi mumkin

Saqlash
17:49 / 11.03.2024 1243 0

Oʻzgidromet 11-15-mart kunlari uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

 

Xabarga koʻra, bugun harorat +20 gradusgacha koʻtarilishi mumkin.

 

Ertaga, 12-mart kuni respublikaning koʻp viloyatlarida yomgʻir yogʻadi. Aynan shu kundan boshlab harorat tusha boshlaydi.

 

13-14-mart kunlari ham yomgʻir yogʻadi va bu respublikamizning barcha hududlari boʻylab kuzatilishi mumkin.

 

14-mart kuni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida yomgʻir yogʻishi kuchayadi va ayrim joylarda qorga aylanish ehtimoli bor. Shu sanadan harorat kechasi 0 – +5 daraja iliqqacha, kunduzi +3 – +8 daraja iliqqacha pasayadi.

 

14-mart kuni poytaxtda ham qor yogʻishi mumkin.

 

15-mart kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +6 – +11 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//