Kelin MIB yordamida sepini qaytarib oldi

Saqlash
17:00 / 11.03.2024 985 0

Maʼlum boʻlishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tumanlararo sudining 2023-yil 10-oktyabrdagi ijro varaqasiga asosan, mol-mulkini qarzdor M. Abdullayevdan undiruvchi M. Shukurova foydasiga olib berish belgilangan. Bu haqida Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xabar berdi.

 

Xabarga koʻra, ushbu ijro hujjati 2024-yil 10-yanvar kuni Byuroning Qamashi tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Boshida qarzdor, yaʼni kuyov ogohlantirilgan, ammo M. Abdullayev ijro hujjati talablarini bajarmagan. Quda tomonning sepni ixtiyoriy ravishda berishni xohlamagani sababli joriy yilning 16-fevral kuni majburiy ijro harakatlari tayinlangan.

 

Natijada, MIB xodimlari ijro harakatlari davomida qarzdorning yashash xonadoniga borgan va mol-mulklar tegishli tartibda xolislar ishtirokida tekshirilib, undiruvchiga olib berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//