Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridan oqib oʻtuvchi Qoraqamish kollektoridagi suv oq rangda oqayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi oʻrganish ishlarini olib borgan.
Maʼlum boʻlishicha, qurilish materiali(yaʼni, suyuq “shpaklyovka”)ni toʻkish holati joriy yil 4-mart kuni sodir boʻlgan. Unda nomaʼlum yuk mashinasi chiqindini oqib turgan suvga toʻkib ketgan.
Surishtiruv jarayonida yuk avtomobili haydovchisi topilgan. Qurilish materialini Qoraqamish kollektoriga oʻzboshimchalik bilan, qonunga xilof tarzda oqizganligi uchun unga nisbatan davlat inspektori tomonidan MJtKning 91-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning oʻn barobari (3 mln. 400 ming soʻm) miqdorida jarima belgilangan.
Shuningdek, surishtiruv davomida ifloslantirilgan Qoraqamish kollektoridan ekologik laboratoriya uchun tahlil namunalar olingan boʻlib, bugungi kunda mutaxassislar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilmoqda. Xabarda tekshiruv ishlarining yakuniy natijalari boʻyicha tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, qoplama toʻlovlari undirilishi ham aytilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q