1-apreldan “suyunchi puli” hammaga ham berilmaydi

Saqlash
14:40 / 11.03.2024 1208 0

Joriy yilning 4-martida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga baʼzi ijtimoiy nafaqalarni toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi VMQ-110-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga koʻra, 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

- birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;

- ikkinchi farzandi uchun – farzand tugʻilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning aʼzosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi.

 

Qolgan barcha holatlarda nafaqa toʻlanmaydi. Bu haqida Norma xabar berdi.

 

Maʼlumot uchun, farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali topshirish mumkin.

 

“Oʻzgartirish Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 oktyabrdagi 550-son qaroriga 4-ilova – “Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti”ga kiritilmoqda”, – deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot oʻrnida, “suyunchi puli” Oʻzbekiston hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//