Jamiyat
“Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezidenti qarori imzolandi.
Hujjatga koʻra, Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada oʻtkazish, diniy-maʼrifiy, madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulugʻlash maqsadida bir qator ishlar bajarilishi belgilandi.
Jumladan, hududlarda ushbu muborak oy milliy anʼana va qadriyatlarga mos tarzda oʻtkaziladi.
Shuningdek, qarorda kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida eʼtibor berish maqsad qilingan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q