Jamiyat
“Yuksalish” harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda boshqaruv tizimidagi rahbar ayollarning TOP-40 reytingini yangiladi.
Maʼlum boʻlishicha, kuchli qirqtalik roʻyxatni shakllantirishda ekspertlar tomonidan 300 nafardan ortiq nomzod faoliyati tahlil qilingan.
Tahlilchilar nomzodlar mehnat qilayotgan tashkilotlarning mamlakat siyosiy kun tartibini shakllantirishdagi, tarmoqlarda oʻzgarishlarni amalga oshirishdagi institutsional taʼsir darajasi, fuqarolik jamiyatidagi oʻrnini inobatga olgan.
Reytingga kirgan ayollar turli sohalarda faoliyat yuritadi, jumladan, Prezident Administratsiyasi tizimida – 4 nafar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida – 4 nafar, Senatda – 6 nafar, Vazirlar Mahkamasida – 3 nafar, qoʻmitalar, idoralar va markazlarda – 11 nafar, siyosiy partiyalar va prokuratura organlarida har birida bittadan, taʼlim sohasida – 5 nafar, moliya sohasida – 3 nafar, inson huquqlarini himoya qilish sohasida – 2 nafardan vakil.
Maʼlumot uchun, reytingdagi rahbar ayollarning 6 nafari oʻtgan bir yil mobaynida mansab pillapoyalaridan koʻtarilib, yuqori lavozimlarga tayinlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, hozirda respublikamiz siyosiy partiyalaridagi xotin-qizlarning ulushi 47 foizga, oliy taʼlimda 48 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetgan.
2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q