Jamiyat
Jamiyat
Respublikamizdagi umumtaʼlim maktablarining 98 foizida kompyuter sinflari bor. Qishloqlarda joylashgan maktablarning ham 98,5 foizi kompyuter sinflariga ega, ammo oʻquvchilarning soniga olganda, maktabdagi kompyuterlarning soni juda kam.
Masalan, umumtaʼlim maktablaridagi har bir oʻquvchiga 0,03 ta kompyuter toʻgʻri keladi, qishloq joylarda esa ushbu koʻrsatkich 0,04 ga teng.
Buni sodda qilib aytganda, 1 ta kompyuterdan taxminan 33 nafar oʻquvchi foydalanishi kerak. Qishloqlarda esa har 24 ta oʻquvchi uchun 1 ta kompyuter.
Agar buni boshqa davlatlarga solishtirsak, bizda sezilarli darajada kam. Aytaylik, Qozogʻiston. Bu davlatda har 3 nafar oʻquvchiga 2 tadan kompyuter tegadi. Ozarboyjon va Belarusda har 2 nafar oʻquvchiga 1 ta, elatdoshimiz Turkiyada esa har 4 nafar oʻquvchiga 1 ta kompyuter toʻgʻri keladi.
Internet tarmogʻiga ulanishda ham orqadamiz. Masalan, bizda kompyuterlarning 71,6 foizi internet tarmogʻiga ulangan, qishloq joylarda esa 69,4 foizi. Xorij davlatlari – Turkiyada 92 foiz, Ozarboyjonda 80 foiz, Belarusda 85 foiz maktab kompyuteri internet tarmogʻiga ulangan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q