Jamiyat
Aniqlanishicha, voqea kecha, 5-mart kuni Margʻilon shahar 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib oʻtgan. Oʻsha kuni maktabning ingliz tili oʻqituvchisi, 2000-yilda tugʻilgan M.E. oʻquv jarayoning 6-soatini 5-“D” sinfiga oʻtayotganda shu sinfda oʻqiydigan U.J. (2012-yilda tugʻilgan) hojatga chiqib kelishni soʻragan. Oʻqituvchi esa ruxsat bermagan.
Bola zarurat yuzasidan sinfdan tashqariga chiqqan. Keyin biroz oʻtib yana darsga qaytib kirgan.
U.J.ning ruxsatsiz tashqariga chiqqani va darsda gaplashib oʻtirganidan jahli chiqqan oʻqituvchi oʻz qoʻl telefonini oʻquvchiga qarata otgan.
Qoʻl telefoni U.J.ning boshiga kelib tekgan va natijada, uning boshi yorilgan.
Oʻquvchiga maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam koʻrsatilib, boshi bogʻlangan. Uyga shu holatda borgan vaqtida bolaning onasi U.G. jarohatdan xabar topib, uni shifoxonaga olib borgan va bolaga zaruriy tibbiy muolajalar koʻrsatilgan.
Hozirda oʻqituvchining harakati yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Bu borada qoʻshimcha maʼlumot berilishi aytiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q