Jamiyat
Prezident xalq tilida “Fayzobod GAI” nomi bilan tanilgan Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimiga borganidan xabaringiz bor.
Shu va shunga oʻxshash markazlarda avtomobillar uchun raqam va “texpasport” berilishi maʼlum, biroq endilikda ularning vazifasiga yana bir tartib ham qoʻshildi. Aynan Prezident tashrifi jarayonida shu haqida soʻz bordi.
Xabarda aytilishicha, endi bunday markazlarda avtomobildan chiqayotgan zararli moddalar miqdori tekshiriladi va Ekologik tekshiruv natijasidan kelib chiqqan holda RFID chip oʻrnatilgan rangli yorliqlar (stikerlar) avtoulov old oynasiga yopishtiriladi.
Bunda 3 xil rang boʻladi:
🔴 qizil – juda yomon;
🟡 sariq – oʻrtacha;
🟢 yashil – ekologik toza.
Maʼlum boʻlishicha, joriy ekologik vaziyatdan kelib chiqib, kelgusida shahar hududi bir nechta ekologik zonalarga ajratiladi. Hozirda transport vositalarining havoga chiqarayotgan zararli moddalari darajasiga koʻra, yaʼni stiker rangiga qarab, ayrim ekologik zonalarga kirishni bosqichma-bosqich cheklash taklif etilmoqda.
Bunda belgilangan transport vositalari (yorliq yopishtirilgan) ayrim ekologik zonalarga kirolmaydi. Yaʼni, agar avtomobilga “qizil” yorliq yopishtirilgan boʻlsa, u havoga chiqarayotgan zararli moddalari yuqori deb baholanadi va (belgilanadigan) ekologik zonalarga kiritilmaydi.
Agar haydovchi tartibga amal qilmasa va qoidani buzsa, jarimaga tortiladi va tushgan pul oʻsha hududning ekologik holatini yaxshilashga sarflanadi. Ushbu jarayon avtomatlashtirilgan kameralar orqali nazorat qilinadi.
Maʼlumot uchun, kelgusida respublika boʻylab 84 ta roʻyxatga olish-diagnostika markazlarini hamda YHXXning 216 ta hududiy tuman boʻlinmalarini mashinalarni ekologik diagnostika qiladigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q