Jamiyat
Jamiyat
Prezident 5-mart kuni Tashkent City Mall savdo-koʻngilochar markazini koʻzdan kechirdi.
5 ta qavatida savdo doʻkonlari, restoran va kafelar, koʻngilochar oʻyinlar va sport maydonlari joylashgan majmua koʻp funksiyali boʻlib, zamonaviy tijorat va xizmat turlarini qamrab olgan. 2 qavatli yer osti avtoturargohi ham bor.
Shuningdek, bolalar va kattalar uchun yopiq oʻyingohlar tashkil etilgan boʻlib, 14 ta kinoteatr ham mavjud.
Umuman olganda, majmuada xarid qilish, dam olish, sport bilan shugʻullanib, vaqtni chogʻ oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
3 mingdan ziyod kishini ish bilan taʼminlay oladigan Mall bir kunda 60 ming kishiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega.
Shu bilan birga, tez orada koʻngilochar markazning bir qismi boʻlgan 5 yulduzli mehmonxona faoliyati ham yoʻlga qoʻyiladi.
Bir vaqtning oʻzida 500 kishiga xizmat koʻrsatishi kutilayotgan 31 qavatli ushbu mehmonxonada yuqori martabali mehmonlar uchun sharoitlar va 273 ta standart xonalar tashkil etiladi.
Qoʻshimchasiga, bu yerda katta va kichik konferensiya zallari, ochiq va yopiq suzish havzalari, restoran va kafeteriya xizmat koʻrsatadi.
Binoda zamon talabiga mos “Aqlli uy” tizimi hamda tezyurar liftlar oʻrnatilgan.
May oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan mehmonxona hisobidan yana 500 kishi doimiy ish oʻrniga ega boʻladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
UKTAM
20:03 / 06.03.2024
Ko'ngil ochar majmua juda chiroyli ekan suratlarga qaraganda nasib qisa oilam bilan aylanishga boramiz