Jamiyat
Adliya vazirligi tomonidan “Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vaziri matbuot kotibi ma'lum qildi.
Xabarga ko'ra, tashkilotning asosiy maqsadi – o‘zbekistonlik til o‘rganuvchilariga xorijiy tillarni, xorijliklarga o‘zbek tilini tizimli va kreativ usulda o‘rgatish, sohaga doir o‘quv qo‘llanmalar, dasturlar, elektron va bosma darsliklar yaratish, yoshlarni bilim olishga undovchi videomahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat.
Tashkilot quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan:
- dunyo tillarini o‘zbek tili orqali o‘rgatishni qo‘llab-quvvatlash;
- o‘zbekistonlik yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishni ta’minlash;
- xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari, til maktablari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- tillar marafonini tashkil etish va bu orqali har bir tilni loyiha doirasida mukammal egallagan foydalanuvchilarni izlab topish, rag‘batlantirish va boshqalar.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
111839
Jamiyat
94677
Jamiyat
90670
Jamiyat
75338
Jamiyat
//
Izoh yo‘q