Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahridagi 9t-sonli avtobus chiptachisi, 1996-yilda tugʻilgan I.A. yoʻlovchi ayolga bir necha marotaba shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan gaplarni aytgan. Ayol oilasi borligini bildirsa ham, yigit birga jinsiy aloqada boʻlishni taklif qilgan.
4-mart kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida ayol I.A.ga nisbatan qonuniy jazo berishni talab qilgan.
Avtobus chiptachisi ham yuqorida koʻrsatilgan huquqbuzarlik harakatiga toʻliq iqrorligi, qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, yengillik berishlarini soʻragan.
Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida yuqoridagilarni inobatga olgan holda avtobus chiptachisiga sud hukmi oʻqildi.
Hukmga koʻra, I.A. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida (Shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilgan va unga shu moddaga asosan 3 (uch) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q