Jamiyat
Jamiyat
O‘zbekistonda joriy yil yakuniga qadar 100 mingdan ziyod yuqori sinf o‘qituvchilarining malakasi yangi metodikalar bo‘yicha oshiriladi. Bu haqda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bo‘lim boshlig‘i Shavkat Xo‘jaqulov ma’lum qildi.
Keltirilishicha, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning yanvar oyidan boshlab umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun metodik marafonlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. 4–10-yanvar kunlari o‘tkazilgan dastlabki marafonda hududlardan jami 15 000 nafarga yaqin pedagog ishtirok etdi.
Marafon davomida markaz mutaxassislari va trener o‘qituvchilar tomonidan matematik, tabiiy-ilmiy, o‘qish savodxonligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 30 tadan ortiq vebinar o‘tib berildi. Shu jumladan, bu kabi marafonlar 26-yanvar kuni qoraqalpog‘istonlik o‘qituvchilar uchun qoraqalpoq tilida ham tashkil etildi.
Navbatdagi metodik marafonlar bahorgi taʼtil vaqtlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, pedagogik mahorat va taʼlim texnologiyalari (Phet, Kahoot, Nearpod) bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlandi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q