Jamiyat
Marketolog Dilnoza Toʻrayeva oʻzining Facebook(Meta) sahifasi orqali joylagan postida Instagramʼda ayrim Oʻzbekiston banklarining manzili va yana boshqa qoʻshimcha maʼlumotlarning faqat rus tilida yozilganini tanqid qildi.
“Kecha banklarimizni koʻrib chiqib, bular faqat ruslarga xizmat koʻrsatsa kerak deb qoldim. Balki aholining 80% dan koʻpi oʻzbeklar, ular juda katta “eʼtibor” koʻrsatadigan aholi 10% ga bormasligini bilishmas degan yaxshi gumonda boʻldim”, – deyiladi postda.
Shuningdek, tarmoq faollari ham postga oʻz izohlarini yozib qoldirishgan. Jumladan, Obidjon Latipov bunda oʻzimiz aybdor ekanligimizni bildirgan. U “bizda gʻurur yoʻqligini, oʻzbek tilida yozishini talab qilmasligimizni” taʼkidlagan. Yana bir foydalanuvchi Mohlaroy Karimova esa “rus tilini bilmasangiz bankka qorovul sifatida ham ishga olishmasligini” kinoya qilgan.
Aslida fikrlar xilma-xil. Unda turlicha qarashlarni topish mumkin. Masalan, Elyor Alimov tarmoq sahifalarini yurituvchi sifatida asosan rus tilini biladiganlar qabul qilinganini sabab qilib koʻrsatgan. “Oʻzbeklar Instagramʼni bilmaydimi?” degan savolga esa “bilishadi, lekin maʼmuriyat uchun asosiy til rus tili boʻlsa kerak-da”, deb javob bergan.
Boshqa bir foydalanuvchi esa “katta vakansiyalar faqat rus tilini biladigan xodim soʻrash”ini eslatib oʻtgan.
Maʼlumot uchun, oldinroq oʻzbekistonliklar banklarda tobora koʻproq pul saqlayotganligi haqida xabar bergan edik.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q