Jamiyat
Aniqlanishicha, ular qoʻshni davlatlar orqali AQSh chegarasini kesib oʻtgan.
Ularning koʻpchiligi Meksika orqali kirganligi aytilmoqda.
“Iyul oyida ketgandim. Bordik. Oʻylaganimizdek emas ekan. Yoʻl qiyin. Amerikada ham vaziyat ogʻir. Bormaslikni maslahat beraman. Kim agar bormoqchi boʻlsa, bu fikridan qaytsa, yaxshi boʻlardi. 15 ming dollar ketdi. Yetib borishimga bir oylar vaqt ketdi. Meksika ham juda xavfli ekan. Qiyin yoʻllari. 4-5 soatlab piyoda yuriladi. Oson oʻtib ketaman deb oʻylagandim. Menga shunaqa deyishgandi. “Kelasan, oʻtib ketasan, boʻldi, Amerikaga kirib ketasan” deyishgandi. Ota-onaning oldida oʻtirganga yetmaydi hech nima. Vatanga yetmaydi. U yerda bari bir biz begonamiz. “Oʻz uying – oʻlan toʻshaging” deyishadi. Uyida oʻtirgani tinch”, – deydi “6 ming dollar olasan” degan yolgʻonlarga aldanib ketganlardan biri.
Yana bir ortga qaytgan fuqaro esa 7 oy Amerika qamoqxonasida yotgani maʼlum boʻldi. Endi esa Vataniga, oilasi bagʻriga qaytganidan xursand. “Amerikada topgan eng yaxshi narsangiz nima?” degan savolga u: “Dars”, – deya javob bergan.
Uning aytishicha, qamoqxonada 2 yillab oʻtirganlar bor. Kasallik orttirib kelish mumkin.
Qamoqda oʻtirganlar ichida ayollar ham borligi esa achinarli.
Maʼlumot uchun, 2023-yilning 20-dekabrida ham AQShga noqonuniy yoʻllar bilan ketgan 119 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytarilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q