Markaziy Osiyo davlatlarida eng erta nafaqaga chiqish yoshi qanchaligini bilasizmi?

Saqlash
16:39 / 04.03.2024 978 0

Pensiya jamgʻarmasining xabariga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari ichida yoshga doir nafaqaga chiqish boʻyicha eng yosh koʻrsatgich Oʻzbekistonda ekan.

 

Maʼlumot oʻrnida, mamlakatimizda qarilik nafaqasi erkaklar uchun 60 yoshdan, ayollar uchun esa 55 yoshdan beriladi.

 

Keyingi oʻrinda Turkmaniston turadi. Qoʻshni Respublikada qarilik nafaqasini toʻlash erkaklar uchun 62 yoshdan, ayollar uchun esa 57 yoshdan boshlanadi.

 

Quyida Markaziy Osiyo davlatlarida nafaqaga chiqish yoshi erkaklar va ayollar uchun qanchaligi koʻrsatilgan:

Oʻzbekiston — erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yoshdan;

Qozogʻiston — erkaklar 63 yosh, ayollar 61 yoshdan;

Qirgʻiziston — erkaklar 63 yosh, ayollar 58 yoshdan;

Tojikiston — erkaklar 63 yosh, ayollar 58 yoshdan;

Turkmaniston — erkaklar 62 yosh, ayollar 57 yoshdan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//