Maktablarda “Halollik” toʻgaraklari yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
15:11 / 04.03.2024 947 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan GRACE dasturini Oʻzbekistonda joriy etish boʻyicha 2024-2027-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi va ijroga qaratildi.

 

Ushbu “Yoʻl xarita”si doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda manfaatdor vazirlik-idoralar hamkorligida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 

 

Jumladan, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida:

✔️ “Oʻquvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi va “Halollik” toʻgaraklari tizimli ravishda yoʻlga qoʻyiladi.

✔️“Profilaktika kunlari” va “Sinf soat”lari doirasida “Halollik qadriyatlari”, “Toʻgʻrilik, mehnatsevarlik xotirjam hayot asosi” mavzularida targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil etiladi.

 

Kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarida:

✔️ “OTM–viloyat–respublika” tizimi asosida bilimlar bellashuvi tashkil etiladi.

✔️ “Aksilkorrupsiya kovorking” markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

✔️ “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan barcha oliy taʼlim muassasalarida “Yoshlar korrupsiyaga yoʻq deydi!” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovi, OTMlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida #Stop_korrupsiya xeshtegi ostida chellenj, ota-onalar oʻrtasida “Isteʼmolchilarning taʼlim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi” mavzusi boʻyicha sotsiologik soʻrovnoma oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi taʼlim va tadqiqot, yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va ularning faolligini oshirish yoʻnalishlarida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

 

“Mazkur “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi doirasida 18-22-mart kunlari oʻtkaziladigan “Xalqaro aksilkorrupsiya maktabi” treninglariga Oʻzbekiston yoshlarining ishtirok etishi rejalashtirilmoqda”, – deyiladi xabarda.

 

*GRACE – BMTning Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//