Ayol oʻz erini oʻldirish uchun qotil yolladi

Saqlash
14:50 / 04.03.2024 1005 0

Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida sodir boʻlgan mazkur holat tezkor tadbir doirasida politsiya xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

 

Hozirda ikki nafar shaxs qoʻlga olingan. Aniqlanishicha, ularning biri ayol boʻlib, u mulkni boʻlishishni istamagan va shu sababdan erini oʻldirish uchun qotil yollagan.

 

Gumonlanuvchilardan ularning aybini tasdiqlovchi ashyoviy dalillar olib qoʻyilgan.

 

Tergov maʼlumotlariga koʻra, ayol qurol sotib olish va suiqasdni amalga oshirish uchun qotilga 1,3 mln tenge oʻtkazib bergan.

 

Qoʻlga olingan shaxslarga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

 

Hozirgi vaqtda suiqasd boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Gumonlanuvchilarga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

 

Maʼlumot uchun, oʻldirilishi rejalashtirilgan erkak jabrlanmagan.

 

“Boshqa maʼlumotlar tergov manfaati uchun oshkor etilmaydi”, – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//