Jamiyat
Holat 1-mart kuni, soat 13:00 da Toshkent viloyati Zangiota tumaniga qarashli “Bogʻishamol” MFYdagi 4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida sodir boʻlgan. Bu haqida Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimi yuqori sinf oʻquvchilarining maktabni orqa taraf hovlisida oʻzaro janjallashayotganini koʻrib qoladi va janjalni bartaraf etishga kirishadi.
Shu vaqtda profilaktika inspektori ham yetib kelib Milliy gvardiya xodimi bilan birgalikda oʻquvchilarni tinchlantirishni boshlaydi. Biroq maktabning 10-sinf oʻquvchisi M.B ning chaqiruvi bilan tashqaridan uning akasi va akasining sheriklari yetib keladi.
Xodimlarning ogohlantirishiga qaramasdan tashqaridan kelganlar ham janjalga aralashib ketadi.
Taraflarning xatti-harakatlarini va qarshiliklarini toʻxtatish chorasini koʻrgan Milliy gvardiya xodimiga shu joyda tan jarohati yetkaziladi.
Shundan soʻng, maktabdagi tashvish tugmasi orqali Qoʻriqlash tezkor guruhi chaqiriladi.
Zudlik bilan yetib kelgan Qoʻriqlash tezkor guruhi tomonidan holat toʻliq bartaraf etiladi. Milliy gvardiya xodimining xizmat vazifasini bajarishiga qarshilik qilganlar esa qoʻlga olinib, tuman ichki ishlar boʻlimiga topshiriladi.
Dastlabki surishtiruv ishlari davomida tashqaridan maktab hududiga kirib, janjalga aralashgan va xodimlarga faol qarshilik koʻrsatgan fuqaro ushbu maktabning 10-sinf oʻquvchisi M.B ning akasi, Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 20 yoshli I.Boqiyev ekanligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda, mazkur holat boʻyicha Zangiota tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va fuqaro I.Boqiyev JPKning 221-moddasi asosida ushlanib, unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqidagi masala hal qilinmoqda.
Shuningdek, voqea yuzasidan jinoyatga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarni aniqlash borasida ham tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q