2023-yilda qariyb 17 ming oʻzbekistonlik AQShga noqonuniy yoʻl bilan kirib kelgan

Saqlash
22:01 / 01.03.2024 2017 0

Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yilning toʻliq davrida AQShga 17 ming Oʻzbekiston fuqarosi noqonuniy muhojir sifatida kirib kelgan.

 

Hozirda Markaziy Osiyodan borgan 40 ming muhojir boshpana masalasi boʻyicha sud qarorlarini kutmoqda. Ular orasida oʻzbeklardan tashqari 7 ming nafar qirgʻiz, 3 ming nafar tojik, 2,7 ming nafar qozoq va 2 ming nafar turkman bor.

 

Montana shtatidan senator Stiv Deynsning aytishicha, oʻtgan yili Markaziy Osiyodan 50 ming nafar noqonuniy muhojir Amerika chegarasini kesib oʻtgan.

 

AQSh hukumati esa muhojirlar koʻpayishi natijasida davlat uchun xavf tugʻdiradigan terrorchilik tashkilotlarining tashkil etilishidan xavotirda.

 

Chegaradagi muhojirlar inqiroziga javoban Stiv Deyns AQSh prezidenti Jo Baydenga xat yozib, chora koʻrishni soʻragan.

 

Maʼlumot uchun, 2021-yilda 7,3 milliondan ortiq muhojir AQSh chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan edi. Agar oyiga hisoblanadigan boʻlsa, rekord koʻrsatkich 2023-yil dekabrida oʻrnatilgan(302 mingdan ortiq). Keyinchalik tekshiruvlar davomida ularning 19 nafari FQB qidiruvdagi terrorchilar ekanligi maʼlum boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//