Jamiyat
Faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan va debitor qarzdorlikni hisobotlarda aks ettirmagani uchun Qarshi va Toʻraqoʻrgʻon neft bazalari rahbarlari hamda xodimlari egallab turgan lavozimidan boʻshatildi. Bu haqida “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, neft bazalarida yil boshiga nisbatan debitor qarzdorlik 2,4 barobarga oshgani, talon-tarojliklar, kamomad va mansab vakolatini suiisteʼmol qilish holatlari aniqlangan. Katta miqdorda qarzdorlik Jizzax, Buxoro, Maroqand, Qarshi, Andijon va Guliston neft bazalarda saqlanib qolinayotgani maʼlum qilindi.
Jumladan, Maroqand neft bazasi tomonidan oʻtgan davr mobaynida toʻlovsiz isteʼmolchilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlari evaziga hosil boʻlgan debitor qarzdorlik hisobotlarda yashirilgan.
Qarshi neft bazasi tomonidan esa oʻtgan davr mobaynida toʻlovsiz isteʼmolchilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlari evaziga hosil boʻlgan debitor qarzdorlik hisobotlarda yashirilgan. Noyabr oyida esa 32,7 mlrd soʻmlik debitor qarzdorlik hisobotlarda aks ettirilgan. Mazkur holat boʻyicha Qarshi neft bazasi direktori B.Mahmudov egallab turgan lavozimidan ozod etildi, deyiladi xabarda.
Yigʻilishda shuningdek, Toʻraqoʻrgʻon neft bazasining faoliyati ham jiddiy tanqid qilindi. Unga qarashli AYOQSHda 2 mlrd soʻm mablagʻning oʻz vaqtida kirim qilinmay kelingani ortidan neft baza rahbari, iqtisodiy masalalar boʻyicha uning oʻrinbosari, bosh buxgalter egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q