Oʻtgan yili 49 nafar sudyaning vakolati muddatidan oldin tugatilgan

Saqlash
20:54 / 01.03.2024 1943 0

Ularning 22 nafari oʻz arizasiga koʻra, 2 nafari vafot etgani munosabati bilan, 17 nafari sudyalik qasamyodini, 8 nafari Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun lavozimidan ozod etilgan. Bu haqida Sudyalar oliy kengashi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

 

Bundan tashqari, vakolat muddati yakuniga yetgan 10 nafar sudya ushbu lavozimda boʻlishning navbatdagi muddatiga noloyiq deb topilgan.

 

Maʼlumot uchun, ayni paytda tizimda 1 409 nafar sudya faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning 453 nafari sudyalik lavozimida boʻlishning besh yillik muddatiga, 903 nafari oʻn yillik muddatga, 51 nafari muddatsiz davrga tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//