Xorazmda yirik gaz-kimyo majmuasi barpo etiladi

Saqlash
16:59 / 01.03.2024 1730 1

Prezident Xorazm viloyatida oʻtkazilayotgan yigʻilishda qiymati 10 mlrd dollardan ziyod yirik gaz-kimyo majmuasi loyihasini barpo qilish boʻyicha dunyoning shu sohada eng ilgʻor kompaniyalari bilan muzokara boshlanganini maʼlum qildi.

 

Taʼkidlanishicha, agar bu loyiha ishga tushsa, 3 mingta ish oʻrni yaratiladi va yiliga 2,4 mln tonna yuqori qoʻshilgan qiymatli polimerlar ishlab chiqariladi.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev yigʻilishda muhokama qilinadigan tadbirlarga 1,1 milliard dollar va 10 trillion soʻm yoʻnaltirilayotganini ham taʼkidlagan.

 

Maʼlum boʻlishicha, Xorazmda kichik va oʻrta biznesni yanada qoʻllab-quvvatlash uchun imtiyozli shartlarda 100 million dollar ajratilishi belgilandi. Bundan koʻzlangan maqsad 5,5 ming tadbirkorga koʻmak berilgan holda, 50 mingta doimiy ish oʻrnini yaratishdir.

1 Izoh

UKTAM

19:03 / 01.03.2024

Это была прекрасная весть для хорезмийцев. Теперь наша молодежь будет создавать новые рабочие места

Izoh qoldirish

//