Jamiyat
O‘zgidromet xizmati agentligi 1−7-mart kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.
Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli ko‘chki respublikaning tog‘li, jumladan, quyidagi hududlarida kuzatiladi:
Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
Namangan viloyati: Pop tumanida.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91312
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q