Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Saqlash
10:03 / 01.03.2024 1507 0

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlar qo‘yilishini maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 8, 9, 10-mart kunlari 775/776-sonli Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

 

775-sonli “Samarqand – Toshkent” yo‘nalishi

- Samarqand 11:11 – Toshkent 13:26

 

776-sonli “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishi

- Toshkent 13:51 – Samarqand 16:05

 

Qo‘shimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temiryo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda xarid qilish mumkin.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish