Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 142-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi maktabga qalbaki qurol bilan kelgani haqida xabar tarqaldi.
Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining rasmiy munosabatiga koʻra, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 142-sonli umumtaʼlim maktabi 8-“B” sinf oʻquvchisi I.A. haqiqatdan ham maktabga oʻyinchoq toʻpponcha koʻtarib kelgan. U qurolni beliga qistirgancha sinf doskasi oldida suratga tushgan va uni oʻz Instagram sahifasiga joylashtirgan. Keyinchalik boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalariga ham tarqalgan mazkur fotosurat muhokamalarga sabab boʻlgan.
Shundan soʻng maktab maʼmuriyati tomonidan “Oqqoʻrgʻon” MFY inspektori va ota-onalar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilgan. Oʻquvchining onasi holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 47-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan. Oʻquvchining oʻyinchoq toʻpponchasi esa mahalla inspektori tomonidan olib qoʻyilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q