Madaniyat
Oʻzbekiston xalq baxshisi Qalandar baxshi (Roʻzimboy Normatov) 73 yoshida vafot etdi. Bu haqida Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Xorazm baxshichilik, dostonchilik maktabining yirik namoyandalaridan biri boʻlgan Roʻzimboy (Qalandar baxshi) Normatov 1951-yili 15-iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. 1990-yili Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.
Qalandar baxshi “Avazxon” folklor etnografik ansambli badiiy rahbari sifatida koʻp yillar faoliyat yuritgan. “Oshiq Gʻarib va Shohsanam”, “Tohir va Zuhra”, “Sayotxon va Hamro”, shuningdek, “Goʻroʻgʻli” turkumidan “Bozirgon”, “Avazxon”, “Xirmondali” kabi dostonlarni yuksak mahorat bilan kuylagan.
Roʻzimboy Normatov 2001-yili “Oʻzbekiston xalq baxshisi” unvoni bilan taqdirlangan.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111120
Jamiyat
94525
Jamiyat
90471
Jamiyat
74593
Jamiyat
//
Izoh yo‘q