Putin rus tili targʻibotini kuchaytirmoqchi

Saqlash
21:48 / 29.02.2024 1887 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga rus tili va madaniyatini xorijda targʻib qilish dasturlarini moliyalashtirishni koʻpaytirish boʻyicha topshiriq berdi, deb xabar bermoqda TASS.

 

“Hukumatdan rus tili va koʻp millatli madaniyatimizni targʻib qilish sohasidagi xalqaro dasturlarni moliyalashtirishni koʻpaytirishni soʻrayman. Albatta, birinchi navbatda, MDHda va keyin butun dunyoda”, — degan Putin.

 

Bu soʻzlardan soʻng zalda qarsaklar yangragan.

 

U bu bilan Rossiyaning tashqi siyosat strategiyasini koʻrsatmoqchi boʻlgan.

 

Putin nutqi davomida Rossiya xavfsizlik va iqtisodiyot sohasida xalqaro aloqalarni, jumladan, BRICS davlatlari, arab davlatlari va Afrika bilan yaxshi munosabatlarni yoʻlga qoʻyishda davom etishini urgʻulab oʻtgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//