Jamiyat
Prezidentning Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasiga qilgan tashrifi davomida aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.
Xususan, bu yil Buxoro – Urganch – Xiva, kelgusi yildan Miskin – Nukus temir yoʻli elektrlashtirilishi aytildi. Taʼkidlash lozimki, elektrlashtirish natijasida Xiva hamda Nukus shaharlariga tezyurar poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Natijada ushbu hududlardagi aholi mamlakatimizning boshqa shaharlariga oson borib-kelish imkoniyatiga ega boʻladi.
Mazkur loyihalar hisobidan transport xarajatlari 2 barobarga qisqarib, yoʻlovchi tashish 30 foizga oshadi.
Shu bilan birga, bu kabi yirik loyihalar Qoraqalpogʻiston va Xorazmning iqtisodiy salohiyati oshishi, investitsiyalar oqimi va ish oʻrinlari koʻpayishi, aholi daromadlari oʻsishiga xizmat qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q