Jamiyat
Jamiyat
Jurnalistning aytishicha, uni Jasur ismli xodim qidirib kelgan. Ism-sharifini toʻliq aytishdan bosh tortgan shaxs oʻzining Chilonzor tuman IIBda ishlashini bildirgan.
“Qizigʻi, men 2017-yildan beri Chilonzorda propiskada turmayman, propiskam Londondagi Oʻzbekiston elchixonasida. Meni “topish”dan avval u ikki marta 58 yashar nafaqadagi oʻqituvchi opamni bezovta qilgan va Chilonzor RUVDsiga kelishini aytgan. Men opamga bormang dedim. Londondan telefon qildim. Jasur(IIB xodimi)ning aytishicha, men Oʻzbekiston haqida internetda “negativ” qoldirganim uchun “Prezident administratsiyasi qoshidagi ommaviy axborot vositalarini monitoring qiluvchi markaz” unga topshiriq bergan”, – deydi jurnalist Facebookdagi oʻz blogida.
Xodim unga “Oʻzbekiston hukumatini obroʻsizlantirish” degan qonun borligini aytgan, biroq aynan qaysi qonun ekani soʻralganda, aniqlik kiritmagan.
Maʼlum boʻlishicha, Ibrat Safoning “suhbat”ga chaqirilishiga 1-fevralda yozgan posti sabab boʻlgan.
“Qisqa postimda hech kimning ismini keltirmaganman, shunchaki kimdir oʻz hokimligi davrida bir parkni quritib, oʻrniga oʻzi soqqa qilish uchun “disneyland” qursa, demokratik davlatlarda bu yirik skandal (mojaro) boʻlishini, lekin Oʻzbekiston boshqa mezonlar boʻyicha yashashini yozganman. Boʻldi. Shundan norozi boʻlishibdi”, – deyiladi postda.
Jurnalistning yozishicha, IIB xodimi uni “patriot” boʻlmaslikda ayblagan va bunday postlarni yozishni toʻxtatishni buyurgan. Shuningdek, “endi shikoyatni Tashqi ishlar vazirligiga joʻnatish”ini aytgan.
“Suhbat BBC studiyasida yozib olindi”, – deb yakunlangan ijtimoiy tarmoqdagi post.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q