Jamiyat
Samarqand viloyatining Nurobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri 200 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.
Bo‘lim mudiri pora evaziga fuqaroni tumandagi bog‘chalarning biriga xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul lavozimiga tayinlashni va’da bergan.
Manbaga ko‘ra, 2024-yilning 19-fevral kuni DXXning viloyat boshqarmasiga fuqaro A.P. murojaat qilib, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri uni ishga qabul qilish uchun 200 dollar talab qilayotganini ma’lum qilgan.
Arizada keltirilishicha, bo‘lim mudiri shu pulni olgach, fuqaroni tumandagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga xo‘jalik ishlari mudiri lavozimiga qo‘yishni va’da qilgan.
Murojaatga ko‘ra, shu kuni soat 18:00 da DXXning viloyat boshqarmasi, tuman prokuraturasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Nurobod tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlab kelgan ayol 200 dollar pulni olgan vaqtida ushlangan.
Shundan so‘ng, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Nurobod tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov olib borish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q